Koronavirusning “yaxshi” simptomi ma'lum qilindi
Ispaniyalik olimlar guruhi koronavirusga chalinganlarda hid sezish qobiliyatining yo‘qolishini “yaxshi” simptom deb atashdi. Ularning ta'kidlashicha, bu virusga organizmning kuchli immun javobidan darak beradi.
Infection nashrida chop etilgan tadqiqotda aytilishicha, olimlar koronavirusga chalingan 5868 kishining ma'lumotlarini o‘rganib chiqishgan. Ular orasida 12,4 foiz ayollarda va 8,67 foiz erkaklarda hid va ta'm sezish yo‘qolgani qayd qilingan. Shu bilan birga, virusning bu belgisi 65 yoshdan kichiklarda ko‘proq kuzatilgan.
Olimlar bunday belgilar organizmning virusga kuchli immun javobidan darak berishini aniqlashgan. Bu esa koronavirusga chalinganda bemorlarning o‘limiga olib kelishi mumkin bo‘lgan tsitokin bo‘roni rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Mutaxassislarning xulosa qilishicha, hid sezishning yo‘qolishi bemorning kasallikni yengilroq va tezroq o‘tkazishga imkoniyatlari yuqoriligidan darak beradi.
“Hid sezishning yo‘qolishi koronavirus diagnostikasi uchun muhim ahamiyatga ega. U, shuningdek, bemorlarni tasniflashda va davolash bo‘yicha qarorlar qabul qilishda ham ahamiyat kasb etishi mumkin”, deb aytilgan tadqiqotda.
Mavzuga oid
17:34 / 18.11.2024
Xitoy Oy tuprog‘idan yasalgan g‘ishtlar yordamida u yerda baza qurmoqchi
15:52 / 16.11.2024
Amerikalik olimlar bioorganizmlarning “uchinchi holati”ni aniqladi
15:12 / 16.11.2024
Uyqu to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi - tadqiqot
15:46 / 14.11.2024