Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya Gretsiya, Isroil va YeIga norozilik notasi yo‘lladi
Qayd etilishicha, bu mamlakatlar tomonidan EuroAsia Interconnector loyihasi doirasida yaratilayotgan elektr tarmog‘i Turkiya territorial suvlari orqali o‘tadi.
Turkiya tashqi ishlar vazirligi Gretsiya va Isroil elchixonalari hamda Yevroittifoq delegatsiyasiga norozilik notasi yo‘lladi. Bu haqda duvaR.english xabar bermoqda.
Hujjatda aytilishicha, bu mamlakatlar tomonidan EuroAsia Interconnector loyihasi doirasida yaratilayotgan elektr tarmog‘i Turkiya territorial suvlari orqali o‘tadi.
Turkiya tomonining bildirishicha, bu mamlakatlarning har qanday harakatlari Anqaraning roziligi bilangina amalga oshirilishi kerak va shu sababli tegishli diplomatik tuzilmalarga norozilik notasi jo‘natilgan.
Qayd etilishicha, kabel yotqizishdan oldin dastlabki tadqiqot o‘tkazilishi, buning uchun esa ruxsat olinishi, ruxsat olishga zarurat bo‘lmasa, Anqara tegishli tartibda xabardor qilinishi lozim.
Mahalliy matbuotning xabariga ko‘ra, bu Anqaraning 8 mart kuni Kipr, Gretsiya va Isroil o‘rtasida tuzilgan kelishuviga nisbatan javobi hisoblanadi.
Mavzuga oid
20:52 / 15.05.2025
Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidenti bilan uchrashdi
02:31 / 15.05.2025
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi
23:40 / 14.05.2025
Zelenskiy: Ukraina muzokaralarning har qanday formatiga tayyor
17:14 / 14.05.2025