Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST Yevropada koronavirus qurbonlari soni o‘sganligini ma'lum qildi
Ma'lum qilinishicha, o‘tgan hafta Yevropada kasallik yuqtirish bilan bog‘liq 1,2 milliondan ortiq yangi holatlar qayd etildi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi Yevropada koronavirus qurbonlari soni o‘sganligini qayd etdi. Bu haqda byuro direktori Hans Klyuge ma'lum qildi.
«O‘tgan haftada mintaqada o‘limlar soni 900 mingdan oshdi. Har haftada 20 mingdan ortiq kishi virusdan vafot etmoqda. Hozirda Yevropada koronavirusdan vafot etayotganlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan yuqori», — dedi u.
Klyugening so‘zlariga ko‘ra, Markaziy Yevropa, Bolqon va Boltiq mamlakatlarida kasallanish va o‘lim holatlari dunyodagi eng yuqori ko‘rsatkich bo‘lib turibdi.
«Koronavirus yuqtirish holatlari uch haftadan buyon o‘sayotganligini kuzatmoqdamiz, o‘tgan hafta Yevropada 1,2 milliondan ortiq yangi holatlar qayd etildi», — dedi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, 53 mamlakatdan 48tasi koronavirusning britancha shtammi haqida ma'lum qilgan.
Avvalroq Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayyen Yevroittifoqda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
14:23 / 17.05.2025
AQSh Yevropadagi qo‘shinlari sonini kamaytirishni ko‘rib chiqmoqchi
23:08 / 06.05.2025