Sirdaryoda kuchli shamol oqibatida bank binosining tomi qulab tushdi
Bugun, 18 mart kuni soat 9:20lar atrofida Boyovut tumanida kuchli shamol esishi kuzatildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi
Sirdaryo viloyati hokimligi xabariga ko‘ra, kuchli shamol oqibatida “Xalq banki” Boyovut filiali binosining tom qismi qulab tushdi.
Qayd etilishicha, tom qismi binoning janubi-g‘arbiy qismidagi, odatda fuqarolar bo‘lmaydigan qismiga tushgan.
Voqea joyiga soat 9:30larda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Boyovut tumani bo‘limi mutaxassislari yetib kelgan va yuzaga kelgan talafot oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar boshlangan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytiladi.
Mavzuga oid

21:31 / 11.04.2025
Xitoyda kuchli shamol sabab vazni 50 kilodan yengil aholiga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya qilindi

13:26 / 08.04.2025
Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi quriladi

16:39 / 18.03.2025
Sirdaryoda IIB boshlig‘i o‘rinbosari jinoiy jazoga tortildi

12:31 / 03.03.2025