Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kosonsoyda fermer xo‘jaligi ishchilari mahalliy aholi tomonidan kaltaklandi
2021 yilning 17 mart kuni soat 12:30larda 24 yoshli Tohir B., 34 yoshli Mahmud O. Namangan viloyati Kosonsoy tumani “O‘zbekiston” MFY hududida joylashgan bog‘dorchilikka asoslangan fermer xo‘jaligiga kelgan.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular ushbu xo‘jalik direktori, 55 yoshli Kamol M. hamda ishchilari, 26 yoshli Murodjon R., 34 yoshli Sardor Q., 47 yoshli Alisher X., 28 yoshli Jahongir X., 39 yoshli Arabboy T.ni hech bir sababsiz urib, ularga turli darajada tan jarohati yetkazib, fermer xo‘jaligi ishchilariga tegishli bo‘lgan “Nexia-3”, “Niva”, “Hyundai”, “Mersedes-benz” rusumli avtomashinalar, “Samsung” rusumli ekskavator, fermer xo‘jaligi dala shiyponi oynalarini tosh bilan urib sindirgan.



Mazkur holat yuzasidan Kosonsoy tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Tohir B. va Mahmud O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tergov harakatlari davomida, ushbu fermer xo‘jaligi direktori Kamol M.ning oldiga “O‘zbekiston” MFY.da yashovchi fuqarolar Dilfuza U. va uning singlisi Nigora U. kelib, go‘yoki mahalladagi yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olayotganini ro‘kach qilib, u bilan nizolashgani va bu haqda “O‘zbekiston” MFYda yashovchi boshqa fuqarolarga borib aytib, o‘zlari bilan 50-60 nafar ayol va erkaklarni fermer xo‘jaligi yer maydoniga boshlab kelishi natijasida ushbu jinoyat sodir etilgani aniqlangan.
Jinoyat ishi doirasida barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular xatti-harakatiga qonuniy baho berilishi ta'minlanadi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:14 / 27.04.2025
Toshkentda yigit o‘ziga tanish qizni kaltakladi, maktablardan birida esa ikki o‘quvchi janjallashdi
17:01 / 28.03.2025
Jizzaxda haydovchi yoqilg‘i baki qopqog‘ini yopmagani uchun zapravka xodimini kaltakladi
11:20 / 26.03.2025
Samarqandda yo‘ldagi ko‘lmakda cho‘milgan erkak 10 sutkaga qamaldi
15:33 / 12.03.2025