O‘zbekiston | 18:37 / 19.03.2021
2464
2 daqiqa o‘qiladi

Polshada koronavirus yuqtirganlar soni ikki milliondan oshdi

Ma'lum qilinishicha, yangi holatlarning 60 foizi koronavirusning britancha shtammi bilan bog‘liq.

Foto: Getty Images

Polshada o‘tgan sutkada koronavirus yuqtirish bilan bog‘liq 25988ta yangi holat qayd etildi. Bu haqda RMF24 xabar bermoqda.

Xabar berilishicha, oxirgi sutkada 419 kishi koronavirus infeksiyasidan vafot etgan.

Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda koronavirus yuqtirganlar soni 2 010 244 nafarga yetgan, 48 807 nafar bemor vafot etgan.

"Yaqin kunlarda yangi holatlar soni yanada o‘sadi. Biz hali uchinchi to‘lqinning yuqorisiga yetib bormadik", – dedi Polsha sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Voysex Andrusevich.

 Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi holatlarning 60 foizi koronavirusning britancha shtammi bilan bog‘liq.

"Yaqinda bu 80 foizga yetadi", – deb qo‘shib qo‘ydi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonaga asosan bolalar yotqizilmoqda.

Bugun mamlakatda uchinchi lokdaun amal qilishni boshlaydi – maktab, mehmonxona, savdo markazi, kinoteatr, teatr va sport muassasalari yopiladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid