Jamiyat | 09:28 / 19.03.2021
4011
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining ayrim hududlarida gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi

2021 yil 19 mart kuni Toshkent shahrining Yangihayot tumani ayrim hududlarida ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Foto: Ramiz Baxtiyarov

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati xabariga ko‘ra, soat 11:00dan 17:00gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida "Sputnik" 5-, 7-, 15-mavzelaridagi ko‘p qavatli 30ta uyning 976ta aholi va 11-, 12-, 13-, 14-mavzelaridagi Chortoq, Rayhon, Daryo bo‘yi ko‘chalaridagi 1 377ta yerli xonadon hamda manzildagi 69ta ulgurji iste'molchi tabiiy gaz ta'minotidan vaqtincha uziladi. 

Ta'mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta'minoti qayta tiklanadi. “Hududgaz Poytaxt” gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid