O‘zbekiston | 18:03 / 20.03.2021
4644
1 daqiqa o‘qiladi

Xorijlik muxlislar Tokiodagi Olimpiya o‘yinlariga qo‘yilmasligi aniq bo‘ldi

Koronavirus pandemiyasi tufayli Tokio-2021 Olimpiada o‘yinlariga xorijlik muxlislar kiritilmasligi haqida qaror qabul qilindi. Bu haqda turnir tashkiliy qo‘mitasi bugun, 20 mart kuni kuni xabar berdi.

Foto: AP

Bunday qaror besh tomonlama o‘tkazilgan majlisda bir ovozdan qabul qilingan. Majlisda, jumladan, Xalqaro olimpiya qo‘mitasi prezidenti Tomas Bax va Tokio meri Yuriko Koike ham qatnashgan.

Xorijlik muxlislarning Olimpiada va Paralimpiya musobaqalariga sotib olgan biletlarining pul qaytarib beriladi, deyiladi xabarda.

«Bu juda ham afsuslanarli holat», deya izoh bergan Koike.

2020 yilda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Tokio-2020 Olimpiadasi koronavirus pandemiyasi tufayli qoldirilgandi. O‘yinlar 2021 yil 23 iyulidan 8 avgustiga qadar o‘tkazilishi mo‘ljallangan.

Paralimpiya o‘yinlari esa 24 avgustdan 5 sentyabrgacha o‘tkazilishi rejalangan.

Yaponiyada o‘tkazilgan so‘rovnomalar aholining aksar qismi xorijlik muxlislarning mamlakat hududiga kirishi va pandemiyaning uchinchi to‘lqini boshlanib ketishidan xavotirda ekanini ko‘rsatgan.

Mavzuga oid