O‘zbekiston | 20:04 / 21.03.2021
6414
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda Navro‘z bayrami arafasida yangi sanoat obektlari ish boshladi

Andijon viloyatida umumxalq bayramlari arafasida ijtimoiy va sanoat obektlarini ishga tushirish an'anaga aylangan.

«Navro‘z» bayrami munosabati bilan bir qator yangi ishlab chiqarish korxonalarning ochilish marosimi o‘tkazildi. Tadbirlardan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

Asaka tumani Mehnatobod qishlog‘i hududida 6 mlrd so‘m investitsiya kiritish asosida 500 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi. Yangi ish o‘rinlariga «Ayollar daftari» hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlar qabul qilindi. Trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirilishi hisobiga yiliga 6 mln. AQSh dollari miqdorida mahsulot ishlab chiqariladi va xorijiy davlatlarga eksport qilinadi.

Marhamat tumanida toshdan qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi faoliyat boshladi.

Ushbu korxonada 200 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, yiliga 6 ming tonna qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bu esa yiliga 5-6 mln AQSh dollar import mahsulotlari o‘rnini qisqartirishga sabab bo‘ladi.

Ushbu korxonaning afzalliklaridan biri – qog‘oz ishlab chiqarishda xomashyo sifatida ohaktoshdan foydalaniladi.

Xo‘jaobod tumanida paxta to‘qimachilik klaster korxonasi tomonidan viloyatdagi Buloqboshi hamda Xo‘jaobod tumanlarida paxta xomashyosi yetishtirish uchun biriktirib berilgan. Ushbu korxona tomonidan paxta tolasidan tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishgacha bo‘lgan tizim yaratilgan.

Korxona klasterlar uchun belgilangan yana bir yo‘nalish - o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish korxonasi faoliyatini yo‘lga qo‘ydi, 11,5 mlrd so‘m investitsiya kiritish hisobiga qo‘shimcha 70 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Ushbu korxonada yiliga 18 ming tonna chigitni qayta ishlab 3000 tonna o‘simlik yog‘i ishlab chiqariladi.

Элмурод Эрматов
Tayyorlagan Элмурод Эрматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid