Oltinko‘ldagi klasterda bayram dasturxoni yozildi
Oltinko‘l tumanidagi «Sayyora favvorasi plyus» MChJ ishchilari Navro‘z ayyomini ko‘tarinki kayfiyatda nishonladilar. Bu yerda mehnat qilayotgan 280 nafar ishchi-xodim uchun bayram dasturxoni yozildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalar farzandlarining xatna to‘yi o‘tkazib berildi. Jumladan, Qo‘shtepa tayyorlov maskani xodimi Barnoxon Toshpo‘latovaning farzandi Yusufjonov Asrorbekning hatna to‘yi MChJ vakillari ishtirokida shodu hurramlik bilan o‘tkazildi.
"Bu yilgi Navro‘z bayramini esda qolarli tarzda o‘tkazishga harakat qildik. Ishchi-xodimlarning kayfiyati qancha yuqori bo‘lsa, mehnat samaradorligi shuncha baland bo‘ladi. Shu bois ular uchun qulayliklar yaratish yo‘lidagi ishlarni izchil davom ettiramiz", — deydi MChJ rahbari Behzodbek O‘rmonov.
Mavzuga oid
10:40
Andijonda Bobur haykalini ko‘chirib, o‘rniga savdo majmuasi, ko‘ngilochar markazlar qurish rejalashtirilmoqda
21:10 / 18.11.2024
Andijonda 1800 gektar yerning toifasi o‘zgartirilib, ishlab chiqarish majmualari quriladi
11:09 / 08.11.2024
Andijonda kottejlar qurish uchun yer hujjatini rasmiylashtirib berish evaziga 230 ming dollar talab qilgan shaxs ushlandi
14:41 / 06.11.2024