Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushiradi
Ko‘plab yirik ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi bloklab qo‘yilgan AQShning sobiq prezidenti Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘ini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Trampning maslahatchisi Jyeyson Millerning ta'kidlashicha, sobiq prezident ijtimoiy tarmoqlar hududiga “o‘yin qoidalarini butkul o‘zgartiradigan” o‘zining shaxsiy ijtimoiy tarmog‘i bilan qaytadi. Millerning aytishicha, bu 2-3 oydan keyin yuz beradi.
Mart oyida 2024 yilgi prezident saylovlarida ishtirok etishi mumkinligini e'lon qilgan Tramp hozirda Facebook, Twitter va boshqa yirik ijtimoiy tarmoqlarda akkauntlaridan mahrum qilingan.
Sobiq prezidentning tarafdorlari yanvarda Kapitoliy binosiga hujum qilgandan keyin uning yirik ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari bloklab qo‘yilgandi. Ijtimoiy tarmoqlar bu qarorlarini zo‘ravonlikning yanada avj olishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qabul qilishgani bilan tushuntirishgan.
Fevral oyida Miller Tramp ijtimoiy tarmoqlarsiz o‘zini “yanada baxtli his qilayotganini” aytgandi. Uning ta'kidlashicha, Tramp “adovatga to‘la” ijtimoiy tarmoqlarda yo‘qligini ijobiy baholagan.
Mavzuga oid
15:52 / 19.08.2023
Odam tanlamaydigan “huquqiy mashina”. Tramp nega ta’qib qilinmoqda?
14:25 / 28.05.2022
Senat O‘zbekistonda milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratilmaganini tanqid qildi
15:51 / 14.04.2022
Bayden ortidan Tramp ham Ukrainada tinch aholi o‘ldirilishini genotsid deb atadi
19:04 / 17.03.2022