O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i o‘zgardi
Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Shuhrat Xolmuhammedov Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Shuhrat G‘ayratjonovich Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Vazirlik matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar berishicha, O‘zbekiston prezidentining tegishli farmoni bilan shu vaqtgacha polkovnik bo‘lgan Shuhrat Xolmuhammedovga general-mayor harbiy unvoni berildi.
Shuhrat Xolmuhammedov 2016 yilda «Sodiq xizmatlari uchun» medali bilan taqdirlangan.
U muqaddam O‘zbekiston mudofaa vazirining qurol-aslaha va qurollantirish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlagan, 2018 yil noyabrida prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi o‘rinbosari etib tayinlandi. Shu vaqtgacha esa favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Shuhrat Xolmuhammedov O‘zbekiston mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari — Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida Pavel Ergashevni almashtirdi.
General-mayor Pavel Ismailovich Ergashev 2017 yil sentyabrida mudofaa vazirining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi - Janubi-G‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimiga tayinlangan, 2018 yildan buyon Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, u boshqa lavozimga o‘tkazilgan.
Mavzuga oid
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
16:31 / 04.11.2024
O‘zbekistonning Indoneziyadagi yangi elchisi tayinlandi
15:44 / 01.11.2024
Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
18:28 / 30.10.2024