Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Surxondaryoda qizini ko‘rsatmagani uchun er xotinini pichoqladi
Termiz shahrida qizini ko‘rsatmagani uchun er xotinini pichoqlab, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, voqea 14 mart kuni soat 19:30lar atrofida Termiz shahridagi Pattakesar-2 mahallasida sodir bo‘lgan. Shaharning Bog‘ishamol mahallasida yashovchi X.A. voyaga yetmagan farzandini ko‘rish maqsadida turmush o‘rtog‘i vaqtincha yashab kelayotgan Pattakesar-2 mahallasiga borgan. Ayol X.A.ga qizi bilan ko‘rishishga to‘sqinlik qilgani sababli o‘rtada janjal kelib chiqqan.
Oqibatda erkak oshxona pichog‘i bilan A.G.ning chap bel biqin sohasiga bir marotaba pichoq urib, hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohati yetkazgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi «l» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid
11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi
09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi
16:37 / 20.05.2025
Surxondaryoda «Termiz muloqoti»ning birinchi yig‘ilishi boshlandi
08:56 / 19.05.2025