O‘zbekiston | 09:20 / 24.03.2021
3352
3 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Boulevard Business Center 16 ta ofis joylarini taklif etadi

Dream City Development kompaniyasi yangi Boulevard biznes markazidan zamonaviy biznes maydonining egasi bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

Zamonaviy ofis – bu nima?

Jamiyatda keng tarqalgan tushunchalardan biri, ofis joyi – bu kompaniyaning yuzi, tashrif qog‘ozidir. Ofis o‘z egasining muvaffaqiyati, obro‘yini va nufuzi haqida umumiy taassurot qoldiradi. Kishi o‘z ish joyida kunning yarmini yoki undan ko‘p qismini sarflashini hisobga olgan holda, kompaniya egalari ofis maydonini tanlashga alohida e'tibor berishadi. Zamonaviy ofis – bu puxta loyihalangan va jihozlangan ish joylari, zamonaviy dizayn, shinam va yorug‘ maskan.

Innovatsion texnologiyalar

Qavatlar orasida Schindler kompaniyasining liftlari xizmat qiladi. Biznes markazining yong‘indan himoya qilish, elektronika va avtomatlashtirilgan signalizatsiya tizimlarini ishga tushirish uchun dunyoning yetakchi ishlab chiqaruvchilari: TYCO, GRUNDFOSS, SYSTEMAIR, VITRA, ONTROL, VIESSMANN va boshqa kompaniyalar uskunalari o‘rnatilgan. Bino zamonaviy umumiy tozalash, shamollatish va havoni tozalash tizimiga ega. Har bir xona barcha kerakli aloqa vositalari, telefon liniyasi va optik tolali aloqa bilan jihozlangan.

Nima uchun Boulevard Business Center?

Boulevard Business Center sizga biznesingiz kelajagini Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazining eng nufuzli nuqtalaridan birida rivojlantirishga imkon beradi. Mahobatli futuristik me'morlik biznes markazi binosini alohida ajratib ko‘rsatadi. Biznes markazining ikkinchi qavatida 16 ta tayyor ta'mirlangan ofis binolari mavjud. Ofislarning maydoni 75 dan 159 kvadrat metrgacha farqlanadi. Shiftlarning balandligi esa 5 metrni tashkil qiladi. Panorama derazalar atrofning ajoyib manzarasini aks ettiradi hamda joyga yorug‘lik tushishini ta'minlaydi. Ikkinchi qavatda dam olish, kofe-breyk yoki muzokaralar uchun mo‘ljallangan maxsus ochiq terrasa bunyod etilgan.

Investitsiya salohiyati

Boulevard biznes markazidan joy sotib olib, siz poytaxtning ishbilarmonlik markazida yuqori investitsiya salohiyatiga ega bo‘lgan tijorat ko‘chmas mulki egasiga aylanasiz. Shuningdek, biznes markazi daromadli hisoblangan ijara biznesini amalga oshirish uchun imkoniyat. Tadbirkorlik faoliyatining ushbu turi birinchi kunlardanoq daromad keltiradi. Qurilish bosqichida sizlarni foydali hamkorlik: eng qulay shartlar bilan joy xarid qilishga taklif etamiz.

Yagona ma'lumot markazi: +99871-202-22-22

Sotuv ofisi har kuni, dam olish kunisiz soat 09:00 dan 19:00 gacha ishlaydi.

Manzil: Toshkent shahri, Furqat ko‘chasi, Tashkent City XIM.

Mo‘ljal: Xalqlar do‘stligi maydonidan Alisher Navoiy shohko‘chasi tomon yo‘l.

Sayt: dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid