O‘zbekiston | 21:28 / 24.03.2021
8045
2 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona viloyatining ikki hududida yangi prokurorlar ish boshladi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri va Bog‘dod tumaniga yangi prokurorlar tayinlandi.

Bosh prokuraturaning murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Sherzod G‘ulomaliyevich Madumarov Quvasoy shahri prokurori etib tayinlangan.

Sherzod Madumarov

Sherzod Madumarov 1974 yilda Marg‘ilon shahrida tug‘ilgan bo‘lib, Farg‘ona davlat universiteti hamda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2002–2018 yillarda Farg‘ona viloyati va Toshkent shahridagi prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan.

2018–2019 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi prokurori, katta prokurori, 2019–2021 yillarda esa Bosh prokuraturaning murojaatlar bilan ishlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Akmal Murotovich Fozilov Bog‘dod tumani prokurori etib tayinlangan.

Akmal Fozilov

Akmal Fozilov 1987 yil Uchko‘prik tumanida tug‘ilgan bo‘lib, Namangan davlat universiteti va Bosh prokuratura akademiyasini tamomlagan.

2008–2014 yillar davomida Farg‘ona viloyati prokuraturasi organlarida, 2014–2018 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bo‘lim katta prokurori, bo‘lim boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan.

2018–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida fuqarolik sud ishlarini yuritishda prokuror vakolatini ta'minlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid