Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 11:03 / 25.03.2021
5543
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentning ayrim hududlarida issiqlik ta'minoti va issiq suv o‘chirildi
Toshkent shahrining Mirobod tumani Amir Temur ko‘chasidan o‘tuvchi issiqlik tarmog‘ida avariya holati yuzaga keldi.
Poytaxt hokimligi xabariga ko‘ra, shu sababli ayni vaqtda tezkor ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, quyidagi manzillarda issiqlik ta'minoti va issiq suv vaqtincha to‘xtatildi:
- Amir Temur ko‘chasi;
- Sodiq Azimov ko‘chasi;
- Maxtumquli ko‘chasi;
- G‘ulomov ko‘chasi;
- Shahrisabz ko‘chasi;
- Markaz-1 mavzesi;
- Markaz-2 mavzesi;
- Markaz-4 mavzesi.
Ta'mirlash ishlari yakuniga yetkazilgach, issiqlik va issiq suv ta'minoti qayta tiklanadi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025