Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Singapurda imo-ishora bilan ochiladigan eshik ishlab chiqildi (video)
Singapurning STUCK Design kompaniyasi qo‘l bilan tegmasdan, imo-ishora bilangina ochish mumkin bo‘lgan yon tomonga suriluvchi eshik ishlab chiqdi. Hozirda keng qo‘llanuvchi harakat datchiklariga ega eshiklardan farqli, ushbu eshik faqatgina qo‘l imo-ishorasiga ta'sirlanadi.
Ushbu eshikning ishlashi aks etgan videoda oynavand eshikka o‘rnatilgan displeyli boshqaruv blokini ko‘rish mumkin. Blok imo-ishorani kuzatish uchun mo‘ljallangan. Blok kutish rejimida bo‘lganda uning ekranida ingichka ramka aks etib turadi. Agar qo‘l blokka 40 smgacha yaqinlashtirilsa, unda ramka harakatga kelib, unga kaft yaqinlashgani sari qalinlashib boradi. Ramka butun ekranni qoplaganda, uning rangi o‘zgarib, eshik signal tovushi chiqaradi. Shundan keyin uni qo‘l tekkizmasdan chapga yoki o‘ngga surish mumkin bo‘ladi. Agar qo‘l datchikdan olinsa, unda eshik yopiladi.
Ta'kidlanishicha, bunday eshik hozirgi pandemiya sharoitida ayniqsa asqatishi mumkin.
Mavzuga oid
15:01 / 24.05.2025
Toshkent va Singapur o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi mumkin
21:00 / 11.04.2025
Dunyoning eng yaxshi aeroportlari reytingi e’lon qilindi
21:22 / 07.03.2025
Firibgarlar Singapur bosh vaziri dipfeyk videosidan foydalanib kriptovaluta sotdi
11:53 / 11.02.2025