Fan-texnika | 20:00 / 30.03.2021
26975
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

OSON elektron hamyonini Visa va Mastercard orqali to‘ldirish yo‘lga qo‘yildi

Foto: OSON

O‘zbekistondagi birinchi elektron pullar tizimi – OSON o‘z elektron hamyonini Visa va Mastercard xalqaro kartalari orqali to‘ldirishni yo‘lga qo‘ydi.

Yangi xizmat mijozlar uchun OSON tizimidan foydalanishni butun dunyo bo‘ylab yanada qulayroq qilgan holda hamyon to‘ldirish geografiyasini sezilarli darajada kengaytiradi. Bu xorij kompaniyalariga ishlaydigan frilanserlar uchun qulaydir.  Ish beruvchi xodimining ish haqini uning OSON hamyoniga Visa yoki Mastercard orqali o‘tkazib berishi mumkin. Pulni o‘tkazish jarayoni xavfsiz va real vaqtda amalga oshiriladi.

– «O‘tgan yilda biz mazkur xizmatni bizning Rossiyalik hamkorlarimiz bilan ishga tushirgan edik. Biroq, Rossiya Federatsiyasining tegishli idoralari tomonidan kiritilgan cheklovlar tufayli OSON hamyonini Visa va Mastercard kartalari orqali to‘ldirish faoliyatini to‘xtatishga majbur bo‘ldik. Xizmatni qaytarish bo‘yicha bizga ko‘plab talablar kelib tushdi, chunki OSON foydalanuvchilarining aksariyati chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari» - deydi OSON asoschisi Farhod Mahmudov.

Pul o‘tkazish uchun nima kerak?

Internet va OSON ilovasiga ulangan smartfon. Foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishi bilan, elektron hamyon avtomatik tarzda ochiladi. Dunyoning istalgan burchagidan har qanday davlat raqami orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Hamyonni to‘ldirish.

Hamyonni Uzcard va HUMO mahalliy kartalari, WebMoney elektron hamyoni, PAYNET infokiosklarida naqd pullar bilan, shuningdek, Visa va Mastercard  xalqaro kartalari bilan to‘ldirish imkoni mavjud.

Cheklovlar bormi?

To‘ldirish cheklovi sizning hamyoningizning statusiga bog‘liq. Hamyondan ro‘yxatdan o‘tgandan so‘ng, foydalanuvchida birdaniga «boshlang‘ich» statusdagi hamyon ochiladi. «Asosiy» statusini ilovaning o‘zida identifikatsiyadan o‘tgan holda olish mumkin, «professional» statusini qo‘lga kiritish uchun esa OSON ofislarida identifikatsiyadan o‘tish kerak bo‘ladi.

Boshlang‘ich status – hamyonni 1.100.000 so‘mgacha to‘ldirish mumkin
Asosiy – 54.000.000 so‘mgacha
Professional – 400.000.000 so‘mgacha

Pul o‘tkazishning eng minimal summasi 5000 so‘mni tashkil etadi.

Qulayligi nimada?

Rekvizitlar kamligi – pulni o‘tkazish uchun shunchaki hamyon egasining raqamini kiritish kerak, xolos.  

Tezkor o‘tkazmaqabul qiluvchining qayergadir borishi shart emas: pullar hamyonga bir necha daqiqa ichida o‘tadi.

Xalqaro kartalar orqali tranzaksiyalarni qayta ishlash bo‘yicha texnik hamkor –  o‘zining OCTO platformasi bilan «Ravnaq-bank».

Visa va Mastercard kartalaridan pul o‘tkazish uchun komissiya qiymati umumiy summaning 3 foizini tashkil etadi.

Sayt: https://oson.uz

Telegram: https://t.me/osonuz

Facebook: https://www.facebook.com/osonuz

Instagram: https://www.instagram.com/osonuz

Youtube: https://www.youtube.com/channel/UCs5T3pmRHmSTrxdn6u_e51A/featured

LinkedIn: https://www.linkedin.cn/company/osonuzb

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid