O‘zbekiston | 09:13 / 01.04.2021
3161
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda elektromobil sotish shoxobchasi ochiladi

31 mart kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov Malayziyaning «ALPHA INDERA» kompaniyasi asoschisi Muhammad Shukri Osman hamda shu tashkilot ijrochi direktori Dalia Alkatiri boshchiligidagi investorlarni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, «ALPHA INDERA» kompaniyasi o‘z biznesini primium klass avtomashinalari importi bilan boshlagan. Kompaniya elektromobil savdosi, neft-gaz, turizm va IT-texnologiyalari sohasida ham yirik loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

Malayziya kompaniyasi vakillari savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy-texnik, transport-logistika va madaniy-gumanitar yo‘nalishlardagi aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirishgan.  

Uchrashuvda hamkorlikning dastlabki bosqichi sifatida Buxoro shahrida turli rusumdagi elektromobillar savdosini tashkil etish bo‘yicha savdo shoxobchasi ochish taklifi ma'qullangan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid