Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda o‘qituvchi o‘quvchining qo‘liga baho qo‘ydi
Samarqandda darsda javob bera olmagan o‘quvchining qo‘liga 2 bahosini qo‘ygan o‘qituvchi ogohlantirilgan va unga pedagogik-psixologik yordam berish uchun ustoz biriktirilgan. Bu haqda viloyat xalq ta'limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, Samarqand shahridagi 65-maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi o‘quvchining qo‘liga 2 baho qo‘yganligi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. Holat viloyat xalq ta'limi boshqarmasi va shahar xalq ta'limi bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan o‘quvchining onasi ishtirokida o‘rganilgan.
Surishtiruv davomida, 65-maktabning ingliz tili o‘qituvchisi Q.D. 2-sinf o‘quvchilariga dars o‘tish chog‘ida berilgan vazifaga ijobiy javob bera olmagan o‘quvchi N.A.ning qo‘liga 2 baho qo‘ygani tasdiqlangan.
Mazkur holatni o‘rganish chog‘ida bir yildan buyon ushbu maktabda o‘quvchilarga ingliz tili fanidan dars berayotgan o‘qituvchi Q.D. ga o‘quvchiga nisbatan bu xatti-harakati pedagogik-psixologik jihatdan noto‘g‘ri ekanligi tushuntirilgan. Uning yetarlicha tajriba to‘plamaganligi, pedagogik faoliyatini boshlaganiga ko‘p bo‘lmaganligi inobatga olinib, ogohlantirish berilgan. Yosh o‘qituvchiga metodik, pedagogik-psixologik yordam berish uchun malakali ustozlar biriktirilgan.
Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
20:08 / 23.05.2025
Qashqadaryoda o‘nlab pedagoglarga ustama to‘lash texnik masalalar sabab to‘xtatib qo‘yildi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
09:00 / 18.05.2025