Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rishton va So‘x tumanlarini bog‘lovchi yo‘l ochildi
2019 yil yozida ochilib, ikki kundan so‘ng YeOII talabi bilan yopilgan Rishton–So‘x yo‘li bugun, 1 aprel kuni tantanali ravishda qayta ochildi.
1 aprel kuni Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan Qirg‘iziston hududi orqali So‘x anklaviga boruvchi yo‘lning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Rishton» bojxona chegara postining ochilishida Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov va Botken viloyati gubernatori Omurbek Suvonaliyev boshchiligidagi rasmiylar qatnashdi.


Rishton–So‘x yo‘li 2019 yil avgustida ham ochilgan, ammo ikki kun o‘tib yana yopilgandi. Keyinchalik O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bu Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi talabi ekanini tushuntirgandi.
19 kilometrlik bu yo‘l yopiqligi sabab, so‘xliklar Rishtonga kelib ketish uchun 80 km aylanma yo‘lni bosib o‘tishiga to‘g‘ri kelayotgandi.




Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov 11-12 mart kunlari rasmiy tashrif bilan Toshkentga kelgandi. Muzokaralardan so‘ng tomonlar chegara borasidagi barcha masalalarni 3 oy ichida hal etishga kelishib olishgandi.
Mavzuga oid
08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025