Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT dunyo aholisini eng ko‘p qaysi muammolar xavotirga solayotganini aniqladi
So‘rovda qatnashganlarning 67 foizi global isish hamda o‘simliklar va hayvonot olamining yo‘qolib borayotganidan tashvish bildirgan.
Yer aholisini eng ko‘p global isish, nizolar va diskriminatsiya xavotirga solmoqda. Bu haqda YuNeSKO o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib BMT yangiliklar xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, "Dunyo 2030 yilda" deb nomlangan so‘rovda 15 ming kishi ishtirok etgan.
So‘rovda qatnashganlarning 67 foizi global isish hamda o‘simliklar va hayvonot olamining yo‘qolib borayotganidan tashvish bildirgan.
Sayyora aholisining fikricha, ikkinchi o‘rindagi muhim muammo – bu nizolar va zo‘ravonlik. Muhimligi jihatidan diskriminatsiya va tengsizlik uchinchi, suv, oziq-ovqat va uy-joy yetishmasligi muammolari to‘rtinchi o‘rinda joylashdi.
So‘rov ishtirokchilarining aksariyati global muammolarning yechimi yaxshi ta'lim olish deb hisoblaydi. Shuningdek, ko‘pchilik global muammolarni hal qilishda xalqaro hamkorlik muhim ekanligini bildirgan. Ammo so‘rovda qatnashganlarning 25 foizigina mamlakatlar bir-biri bilan kelisha olishiga ishonadi.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
23:35 / 14.05.2025