Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kanada Ukraina ustidan parvoz qilish xavfli ekanligi to‘g‘risida ogohlantirdi
Kanada samolyotlariga «xavfsizlik bilan bog‘liq beqaror vaziyat» bois Ukraina sharqi Qrim ustidan parvoz qilish tavsiya etilmaydi.
Kanada hukumati harbiy faollik kuchayishi sababli mamlakat aviakompaniyalarini Ukraina ustidan parvoz qilganda ehtiyotkorlikka rioya qilishga chaqirdi. Bu haqda Kanada transport vazirligi xabarida aytilmoqda.
Xususan, Kanada samolyotlariga «xavfsizlik bilan bog‘liq beqaror vaziyat» bois Ukraina sharqi Qrim ustidan parvoz qilish tavsiya etilmaydi.
Kanada samolyotlariga Simferopol va Dnepropetrovsk oblasti havo hududiga kirmaslik, Kiyev, Odessa va Lvov ustidan parvoz qilayotganda ehtiyotkor bo‘lish tavsiya qilingan.
Avvalroq Rossiya qo‘shinlari Ukraina bilan chegaraga keltirilgandi.
Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Ruslan Xomchakning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi vaqtda Rossiya bo‘lajak «G‘arb 2021» harbiy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik bahonasi ostida Ukraina bilan chegaraga – Bryansk va Voronej oblastlari hamda Qrimga qo‘shinlarini joylashtirmoqda.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025