Putin Rossiya maktablarida migrantlarning farzandlari soni ko‘payib ketmasligi kerakligini aytdi
"Maktablarimizdagi migrantlar farzandlari soni shunday bo‘lishi kerakki, bu ularni rus tili muhitiga rasman emas, amalda moslashtirish imkonini berishi lozim", - deb ta'kidladi Rossiya prezidenti.
Rossiya maktablarida migrantlarning farzandlari ulushi ularni til va madaniy muhitga moslashtirish mumkin bo‘lgan darajada bo‘lishi kerak, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Yevropaning ayrim mamlakatlari va Shtatlarda maktabda migrantlar farzandlarining ulushi ma'lum foizga yetganidan so‘ng mahalliy aholi o‘z farzandlarini bu maktabdan chiqarib oladi. U yerlarda yuz foiz migrantlar farzandlari o‘qiydigan maktablar tashkil topmoqda", — dedi Putin.
U, shuningdek, Rossiyada voqealarning bunday rivojlanishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik kerakligini aytib o‘tdi.
"Maktablarimizdagi migrantlar farzandlari soni shunday bo‘lishi kerakki, bu ularni rus tili muhitiga rasman emas, amalda moslashtirish imkonini berishi lozim", — dedi Rossiya prezidenti.
Putin Rossiyada hozircha migrantlarning nazorat qilib bo‘lmaydigan oqimi bilan bog‘liq muammo yo‘qligini aytarkan, baribir millioner-shaharlar va ayrim milliy respublikalarda vaziyatning rivojlanishini diqqat bilan kuzatish zarurligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
22:15 / 12.11.2024
OAV: Putin Trampning inauguratsiyasigacha Kurskni qaytarishni buyurdi
21:00 / 12.11.2024
Rossiyada migrantlar uchun uy-joy ijarasi qoidalari kuchaytiriladi
16:55 / 12.11.2024
Tramp millionlab migrantlarni deportatsiya qilishni rejalashtirmoqda - OAV
13:11 / 12.11.2024