Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta'minoti vaqtincha uziladi
«Toshkent shahar ETK» AJ matbuot xizmati xabar qilishicha, bugun, 9 aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi «Eski shahar» MFY, «Qo‘shtut» MFY hamda «Chig‘atoy» MFYlarida joylashgan aholi xonadonlari hamda tadbirkorlik sub'yektlarida elektr energiyasi ta'minotida soat 10:00dan 18:00ga qadar vaqtinchalik o‘chishlar kuzatiladi.
«Bunday choralar tumanning fider «Binafsha 1,2» uzatmasidan chiquvchi 12-sonli transformator podstansiyasida mukammal ta'mirlash ishlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq. Ayni vaqtda, Olmazor tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan ta'mirlash ishlari olib borilmoqda.
«Toshkent shahar YeTK» AJ mazkur ta'mirlash ishlari tufayli elektr energiyasi ta'minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tumandagi ushbu hududlarda yashovchi iste'molchilardan uzr so‘raydi», – deya xabar beradi «Hududiy elektr tarmoqlari» AJ matbuot xizmati.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi
08:35 / 20.05.2025
Toshkentda boshqaruv servis kompaniyasi 1,6 mlrd so‘mlik elektrni talon-taroj qildi
22:33 / 30.04.2025