Jamiyat | 19:49 / 13.04.2021
4647
2 daqiqa o‘qiladi

Samarqandda ikkita «Nexia» to‘qnashdi. Haydovchilardan biri halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Yonga burilish chirog‘ini yoqmay qayrilib olayotgan «Nexia-1» mashinasini «Nexia-3» mashinasi kelib uradi. Oqibatda qayrilib olmoqchi bo‘lgan «Nexia-1» haydovchisi vafot etadi. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, bugun 13 aprel kuni ertalab soat 7:10lar atrofida Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida davlat ahamiyatidagi 4R 58 A yo‘lining Loish shaharchasidan o‘tuvchi 4-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

«Nexia-1» mashinasi ogohlantirish chiroqlarini yoqmasdan chapga burilayotganida, shu yo‘nalish bo‘ylab orqasidan kelayotgan boshqa bir «Nexia-3» mashinasi katta tezlikda kelib unga urilgan. Oqibatda burilmoqchi bo‘lgan «Nexia-1» haydovchisi vafot etgan.

Surishtiruvlarda aniqlanishicha, orqadan kelib urgan «Nexia-3» mashinasining tezligi belgilangan me'yordan yuqori bo‘lgan. Shuningdek, chapga qayrilayotgan «Nexia-1» mashinasi ham yo‘lning belgilanmagan qismidan burilishga uringan.

Qayd etilishicha, mazkur yo‘l-transport hodisasi yuzasidan Oqdaryo tuman IIB tergov bo‘limi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Samarqand viloyatida uch oy davomida 50 mingta yo‘l harakati qoidalari buzilishi qayd etildi

Samarqandda «Malibu» bilan o‘zaro to‘qnashgan «Hyundai Bongo» ag‘darilib ketdi

 

Ғайрат Йўлдошев
Tayyorlagan Ғайрат Йўлдошев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid