Samsung axborotni kvant shifrlash yordamida himoyalovchi yangi smartfon taqdim qildi
Samsung kompaniyasi axborotni himoyalash uchun kvant shifrlash texnologiyasi bilan jihozlangan Galaxy Quantum2 smartfonini taqdim qildi. Yangi smartfon sotuvga chiqadigan ilk davlat Janubiy Koreya bo‘ladi.
23 apreldan sotuvga chiqariladigan smartfonning narxi hozircha ma'lum qilinmagan. Smartfonni sotish bilan Janubiy Koreyaning SK Telecom uyali aloqa operatori shug‘ullanadi.
IP67 standarti bo‘yicha chang va namdan himoyaga ega smartfon 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 855 Plus protsessori, 8 Gb tezkor va 128 Gb doimiy xotira bilan jihozlangan. Doimiy xotira hajmi SD-karta hisobiga oshirilishi mumkin.
Smartfonning 6,7 dyumli Quad HD+ (2560x1440 nuqta) displeyiga barmoq izlari skaneri va 10 Mpli frontal kamera o‘rnatilgan. Asosiy kamera bloki o‘z ichiga 64 Mp, 12 Mp va 5 Mpli kameralarni olgan. Qurilmaning akkumulyatori sig‘imi 4500 mA-soatni tashkil qiladi.
Smartfon SK Telecom bilan birgalikda ishlab chiqilgan. Uning asosiy xususiyati ID Quantique tomonidan yaratilgan tasodifiy sonlar kvant generatori mikrochipi (2,5 mm x 2,5 mm o‘lchamga ega) bo‘lib, u smartfonda saqlanuvchi axborotning kvant shifrlanishini ta'minlaydi.
Kvant kriptografiyasi axborotni kvant fizikasi tamoyillariga asoslangan himoyalash usuli hisoblanadi.
Mavzuga oid
11:28 / 10.11.2024
Dunyo bo‘ylab eng ko‘p sotilayotgan smartfonlar nomi ma’lum qilindi
21:57 / 26.09.2024
Samsung xodimlari radiatsiyaga uchragani tufayli kompaniya jarimaga tortildi
22:24 / 19.09.2024
Samsung’ning Hindistondagi zavodi xodimlari ish tashlash e’lon qildi
21:48 / 18.09.2024