Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pxenyan Seulni Shimoliy Koreyaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rishda aybladi
Janubiy Koreyaning yangi hujumkor vertolyotlar sotib olishi va esminetslar qurishi Seul tomonidan Shimoliy Koreyaga bostirib kirishga tayyorgarlik ko‘rish belgilari hisoblanadi. Bu haqda Shimoliy Koreyaning Meari tashviqot sayti ma'lum qildi.
Mart oyida Janubiy Koreya o‘z mudofaasini mustahkamlash maqsadida 36ta jangovar vertolyot sotib olishi va Aegis tizimi bilan jihozlanadigan keyingi avloddagi esminetslarni qurishini e'lon qilgan.
«Janubiy koreyalik harbiylar telbalarcha o‘z qurolli kuchlarini mustahkamlashga kirishgan. Ular Shimolga uzoq kutgan bostirib kirishga tayyorgarlikni jadallashtirishga intilmoqda», – deb aytilgan saytda.
Xabarda ta'kidlanishicha, Janubiy Koreya «ikkiyuzlamachi pozitsiya»ni egallamoqda: bir tomondan tinchlik haqida gapirib, ikkinchi tomondan «Shimoldagi vatandoshlarga iloji boricha ko‘proq zarar yetkazib», urushga tayyorgarlik olib bormoqda.
Meari Seulning qurol sotib olish rejalarini o‘z e'tiborini pandemiyaga qarshi kurashga qaratish o‘rniga, unga «astronomik» mablag‘larga aylanadigan «g‘ayriinsoniy harakat» deb qoralagan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025