Jahon | 00:00 / 14.04.2021
10721
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda tuyalar uchun dunyodagi birinchi svetofor paydo bo‘ldi

Xitoyning Gansu provinsiyasidagi Dunxuan shahri yaqinida tuyalar va sayyohlarning harakatlanishini tartibga solish uchun dunyodagi birinchi svetofor o‘rnatildi.

Foto: twitter.com/tongbingxue

Ta'kidlanishicha, svetoforning bir tomonida tuya, ikkinchi tomonida esa odamcha tasvirlangan qizil va yashil chiroqlar bor. Svetoforning tuyalar uchun tomonida yashil chiroq yonganda yo‘ldan tuyalar, qizili yonganda esa sayyohlar o‘tadi va aksincha.  

 Dunxuan cho‘l chekkasida joylashgan shahar bo‘lib, u sayyohlar orasida ommalashgan. U o‘z vaqtida Buyuk ipak yo‘lining Xitoyga kirish joyi sifatida xizmat qilgan. Bu yerda tuyalar ustida sayohat qilish ommalashgan. Svetofor esa tuyalar va odamlar o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligini ta'minlash uchun o‘rnatildi.

 Oxirgi yillarda sayyohlar ushbu hududga Minsha tog‘i, Mogao g‘oridagi ibodatxona majmuasi, Yumen va Yanguan dovonlari, Yarimoy ko‘lini ko‘rish uchun tobora ko‘proq tashrif buyurmoqdalar.

 

Mavzuga oid