O‘zbekiston | 11:16 / 15.04.2021
3987
1 daqiqa o‘qiladi

Jalaquduqda XI-XIII asrga oid madaniy meroslar topildi

Foto: KUN.UZ

Qutayba ibn Muslim ziyoratgohidan taxminan XI—XIII asrga oid madaniy meroslar topildi.

Andijon viloyati Jalaquduq tumani «Qilichmozor» mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan Qutayba ibn Muslim masjidi va ziyoratgohida xalq hashari va homiylar ko‘magi bilan qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiriga tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Qutayba ibn Muslim hazratlari maqbarasining poydevor qismlarini kovlash-qazish ishlari jarayonida taxminan XI—XIII asrga oid madaniy meros topilmalari qazib olindi.

Mutaxassislar bu joyda arxeologik qazish ishlarini olib borish kerak degan xulosaga kelishgan.

Hozirda masjid qurilishi davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid