O‘zbekiston | 16:32 / 16.04.2021
2822
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda baliq ovi 45 kunga cheklandi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida 26 apreldan boshlab 10 iyunga qadar baliq ovi mutlaqo cheklandi. Bu haqda Qoraqalpog‘iston xabar agentligi ma'lum qildi.

Ushbu cheklov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2021 yil 10 martdagi buyrug‘iga ko‘ra o‘rnatilgan. Amudaryo suv havzasida shu yilning 10 martidan  31 mart sanasigacha, tabiiy suv havzalarida 26 apreldan 10 iyunga qadar sanoat usulida baliq ovi cheklangan.

Yuqoridagi talablar buzilgan paytda huquqbuzarlarga amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tegishli tartibda chora ko‘rilishi qo‘shimcha qilinmoqda.

Mavzuga oid