Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijondagi bojxonada psixotrop dorilar olib kirayotgan erkak ushlandi
Andijon viloyatida bojxonachilar «Nexia»da kuchli ta'sir qiluvchi dorilar olib kirayotgan erkakni to‘xtatib qoldi.
Ma'lum qilinishicha, Andijon viloyatida fuqaro M.M. boshqaruvidagi «Nexia» mashinasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan. Avtomobilning yukxonasida fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 66,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 770 dona «Lirika 300 mg» nomli va 560 dona «Regapen 300 mg» nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Avvalroq, Andijonda xorijdan O‘zbekistonga olib kelingan qalbaki dollarlar aniqlanganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025