Bosh vazir karantinda ham majlisbozlik to‘xtamayotganini tanqid qildi
O‘zbekistonda epidemiologik vaziyat yomonlashayotgani bois chaqirilgan Respublika maxsus komissiyasi yig‘ilishida bosh vazir, komissiya raisi Abdulla Aripov majlisbozliklar to‘xtamayotganini tanqid qildi.
«Bir necha bor ta'kidlanganiga qaramay, davlat organlari va tashkilotlarida majlis va yig‘ilishlar yopiq zallarda 2-3 soatlab o‘tkazilishi afsuski davom etyapti. Vaholanki, prezidentimiz aytganlar, 45 minutdan ko‘p majlis qilmalaring, tez-tez gapiradigan gapingni gapirgin-da, borib ishlaringni qillaring, deganlar.
Yo‘q... Albatta, kimdir chiqib va'zxonlik qilishi kerak!» – dedi Abdulla Aripov.
Hukumat rahbari to‘ylar masalasiga ham to‘xtaldi.
«To‘ylarda 100 kishilik cheklovga umuman amal qilinmayapti. Kechirasizlar-ku, to‘ylar 200-300 kishilik bo‘lib ketdi. Davlat boshqaruvi idoralarida rahbar lavozimlarida ishlaydiganlarning o‘zlari ham shunday to‘y qilyapti. Kerak bo‘lsa, shu sabab bilan lavozimidan ketadi», – dedi u.
Mavzuga oid
16:00 / 23.11.2024
“Prezidentimiz, odamlar ko‘chishga rozimi-rozimasmi, dedilar” – Abdulla Aripov Boysunda bo‘lib qaytdi
08:50 / 22.11.2024
200 mingdan ortiq fuqaro iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga ishga yuborilishi mumkin
12:08 / 20.11.2024
Abdulla Aripov bosh vazir lavozimiga qayta tasdiqlandi
18:33 / 04.11.2024