Jizzaxda soxta diplom bilan dars berayotgan 10 nafar o‘qituvchi aniqlandi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida soxta diplom bilan dars berayotgan 10 nafar o‘qituvchi aniqlangan. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan tuman Xalq ta'limi bo‘limida o‘tkazilgan tekshiruv davomida oliy ta'lim muassasalarida tahsil olmagan 10 nafar shaxs Jizzax davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat pedagogika universiteti, Samarqand davlat universiteti va Guliston davlat universitetlarining soxta diplomlari asosida o‘qituvchi bo‘lib ishlab kelayotganligi holati aniqlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Sharof Rashidov tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat kodeksining 228-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, hozirda tegishli tartibda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
12:31 / 10.11.2024
2024 yilda Jizzax viloyatida bolalar ishtirokida 59 ta YTH sodir bo‘ldi
09:56 / 24.09.2024
Jizzaxda haydovchi Damasga katta yoshdagi 14 kishini mindirib harakatlandi
14:28 / 08.09.2024
Birovning nomiga 20 mln so‘m kredit olib o‘zlashtirib yuborgan shaxs ushlandi
01:05 / 16.08.2024