Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
U darsga kech kelgan va mashg‘ulotlar o‘tishga xalaqit bergan o‘qituvchiga nisbatan zo‘rlik harakatlarini amalga oshirgan.

Foto: Zarnews
Bolalar ombudsmani Samarqanddagi maktablarning birida o‘quvchiga nisbatan tazyiq o‘tkazilgani to‘g‘risida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, 21 aprel kuni Samarqand shahridagi 35-umumta’lim maktabi 7-sinfida kimyo darsi vaqtida o‘qituvchi Sh.M. darsga kech kelgan va mashg‘ulotlarni o‘tishda xalaqit qilgani vaji bilan o‘quvchi H.D.ga jahl bilan tashlanib (uni go‘yoki direktor huzuriga olib bormoqchiligini aytib), bolaga nisbatan tazyiq va zo‘rlik harakatlarini amalga oshirgan.
23 aprel kuni maktab ma’muriyati tomonidan o‘z kasbiy vazifasiga zid bo‘lgan nomaqbul harakatlar sodir etgani uchun o‘qituvchi M.Sh. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Holat yuzasidan hozirda tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, fevral oyida Sirdaryo tumanidagi maktabda fuqaro dars vaqtida sinfxonaga bostirib kirib, o‘qituvchini haqorat qilib, unga qo‘l ko‘targani aks etgan video jamoatchilik o‘rtasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Keyinroq ayol ruhiy kasalliklar shifoxonasiga joylashtirilgandi.
Mavzuga oid

12:02 / 11.05.2025
Samarqanddagi uyda gaz portlashi qurbonlari soni oshdi

15:18 / 09.05.2025
"Ostona–Turkiston–Samarqand" yo‘nalishida yangi aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi

11:48 / 08.05.2025
Samarqand AEXA milliy koordinatorlari yig‘ilishini qabul qiladi

20:42 / 06.05.2025