O‘zbekistonda karantin qoidalari kuchaytirildi
O‘zbekistonda koronavirus yuqtirish holatlari keskin oshayotgani sababli 18 apreldan karantin nazorati kuchaytirildi, umumiy ovqatlanish muassasalarida va avtobuslarda o‘rinlar 50 foizgacha cheklandi. Shuningdek, 1 maydan konsert va tomoshalar kabi ommaviy tadbirlarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.
17 aprel kuni bosh vazir Abdulla Aripov Respublika maxsus komissiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekistonda 18 apreldan koronavirus tufayli joriy etilgan karantin cheklovlari kuchaytirilishi haqida ma'lum qildi.
Nazorat kuchaytirilishi
IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi jamoat joylarida niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish tadbirlari nazoratini kuchaytiradi va qoidabuzarlarga nisbatan qat'iy javobgarlik choralari ko‘rilishini ta'minlaydi. Karantin qoidasini buzganlar qat'iy javobgarlikka tortiladi, jarimalar qo‘llanadi.
Jamoat transporti
Vokzal va aeroportlarda karantin talablariga rioya etilishi ustidan nazorat kuchaytiriladi. Transport vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati jamoat transportlari tizimini 50 foiz miqdorida yo‘lovchilar tashilishini va shu maqsadda yo‘nalishli transport vositalari sonini oshirish hamda oxirgi bekatda dezinfeksiya ishlarini amalga oshirilishini ta'minlaydi. Temir yo‘l vokzallari, aeroportlarda karantin qoidalariga amal qilinishini qat'iy nazoratga olinishini ta'minlaydi.
Ta'lim muassasalari
Maktabgacha ta'lim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi va Sanitariya epidemiologiya xizmati bilan birgalikda koronavirus aniqlangan har bir maktabgacha ta'lim, umumta'lim muassasalari, kollej, litsey va oliy o‘quv yurtlarining faoliyatini ikki haftaga to‘xtatish hamda o‘qish ikki hafta onlayn rejimida amalga oshirilishini ta'minlaydi.
Jamoat joylari
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha tashkilot, korxona va muassasalar, yirik savdo majmualari, supermarketlar, ko‘ngilochar muassasalar kirish qismida niqobda bo‘lish, tana haroratini o‘lchash, qo‘llarni antiseptik bilan zararsizlantirish amaliyotiga rioya etilishini qat'iy ta'minlashi lozim bo‘ladi. Karantin qoidalariga rioya etmagan muassasalar faoliyati vaqtincha yopilishi mumkin.
Ovqatlanish joylari
Kafe va boshqa umumiy ovqatlanish obektlarida ularning sig‘imini 50 foizdan ortiq bo‘lmagan holatda faoliyat yuritishi lozim, lekin maksimal soni 100 kishidan ortishi kerak emas.
Tomosha tadbirlari
Karantin nazorati konsertlar va boshqa ko‘ngilochar tomosha tadbirlari bo‘yicha ham kuchaytiriladi. 1 maydan konsert-tomoshalarni yopiq madaniyat saroylarida o‘tkazish cheklanadi.
To‘ylar va iftorliklar
IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Musulmonlar idorasi to‘y va boshqa marosimlarda 100 kishidan ortiq bo‘lmaslik, iftorlik marosimlarini faqat oila davrasida o‘tkazish, masjidlarda jamoat namozlari, xususan, Ramazon oyi munosabati bilan tarovih namozlarini masjidlarning ochiq havodagi maydonlarida tibbiy niqobda bo‘lish hamda oraliq masofani saqlagan holda tashkil etishni ta'minlaydi.
Uydagi karantin
IIV, Milliy gvardiya, Sanitariya epidemiologiya xizmati, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, mahalla idoralari bilan birgalikda uy sharoitlarida davolanayotgan bemorlarning xonadonlarida karantin qoidalariga amal qilinishi ustidan qat'iy nazorat qiladi.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024