Jahon | 16:17 / 21.04.2021
14276
1 daqiqa o‘qiladi

2021 yilning eng yaxshi avtomobili ma'lum qilindi

Eng hashamatli avtomobil yo‘nalishida 853 ball to‘plagan Mercedes-Benz S-Class sedani g‘olib bo‘ldi.

Volkswagen ID.4 elektromobili World Car Awards talqini bo‘yicha yilning eng yaxshi elektromobili bo‘ldi. Bu haqda tanlov saytida ma'lum qilindi.

Volkswagen ID.4

Qayd etilishicha, Volkswagen ID.4 798 ball olgan. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Honda E elektromobili va Toyota Yaris xetbeki egalladi – ular mos ravishda 742 va 732 ballga ega bo‘ldi. 

Mercedes-Benz S-Class

Eng hashamatli avtomobil yo‘nalishida 853 ball to‘plagan Mercedes-Benz S-Class sedani g‘olib bo‘ldi. 

Porsche 911 Turbo

Porsche 911 Turbo sportkari yilning eng mahsuldor avtomobili nomiga erishdi. 

Honda E

Honda E elektromobili shahar uchun eng yaxshi avtomobil yo‘nalishida ham g‘olib deb topildi. Eng yaxshi dizayn uchun mukofot Land Rover Defender yo‘ltanlamasiga berildi. 

Mavzuga oid