Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Katta miqdorda Tramadol va Lirika dori vositalari to‘xtatib qolindi
Toshkent shahar va Andijon viloyati bojxona boshqarmalari tomonidan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirilayotgan Tramadol, Lirika va Regapen kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari aniqlandi.
“Chuqursoy texnik idora” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda bojxona postiga xorijdan kirib kelgan temir yo‘l vagonlari o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, poyezd tarkibidagi vagon g‘ildiragi orqa tag qismiga ustamonlik bilan yashirilgan 2 ta qora rangli polietilen paketlar bojxona xodimlarining diqqatini tortdi.

Mazkur polietilen paketlar ko‘zdan kechirilganda, ularning ichida 8000 dona “Tramadol Lannaxer 50 mg” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Bundan tashqari, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari Davlat xavfsizlik xizmati Andijon viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqaro M.M. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtotransport vositasi to‘xtatilib, belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.

Natijada, avtotransport vositasining yukxonasida fuqaro M.M.ga tegishli bo‘lgan, umumiy qiymati 66,5 million so‘mlik xorijda ishlab chiqarilgan 770 dona “Lirika 300 mg” nomli va 560 dona “Regapen 300 mg” nomli kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida vaqtincha saqlovga olindi.
Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025