Jahon | 16:45 / 24.04.2021
13180
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyaning yo‘qolib qolgan suvosti kemasi parchalari topildi

Qutqaruvchilar suvosti kemasining torpedo apparati bo‘laklari, periskopni moylash idish va ekipaj a'zolarining joynamozlarini topishgan.

Foto: REUTERS/Antara Foto/M Risyal Hidayat

Qidiruv-qutqaruv guruhlari shu haftada yo‘qolib qolgan Indoneziyaning KRI Nanggala-402 suvosti kemasining parchalarini topdi. Bu haqda Indoneziya harbiy-dengiz kuchlari shtabi boshlig‘i admiral Yudo Margono ma'lum qildi.

 "Suvosti kemasi halokatga uchraganini isbotlovchi dalillarni hisobga olib, u yo‘qolib qoldi bosqichidan cho‘kib ketdi bosqichiga o‘tkazildi", - dedi u.

 Admiralning aniqlik kiritishicha, qutqaruvchilar xususan, torpedo apparati bo‘laklari, periskopni moylash idish va ekipaj a'zolarining joynamozlarini topishgan.

 KRI Nanggala 402 bilan aloqa u 21 aprelda Bali oroli yaqinidagi mashg‘ulotlar vaqtida sho‘ng‘ish uchun ruxsat olgandan 1,5 soat o‘tib yo‘qolgandi.

 Uning bortida 53 kishi, jumladan, kema sardori, ekipajning 49 a'zosi va qurol bo‘yicha 3 nafar mutaxassis bo‘lgan.

Mavzuga oid