Namanganda chuqur kavlash jarayonida ikki ishchini tuproq bosib qoldi
24 aprel kuni soat 14:10 larda Namangan shahar Navoiy ko‘chasida qurib bitkazilayotgan ko‘p qavatli uylarga kanalizatsiya chuquri kavlash jarayonida, tuproq o‘pirilishi ortidan ikki ishchi halok bo‘ldi.
Namangan shahar Alisher Navoiy ko‘chasida joylashgan, qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli uylarga kanalizatsiya tarmog‘ini tortib o‘tish uchun transheya kavlash ishlari olib borilayotgan vaqtda, tuproq qatlamining o‘pirilib ketishi natijasida yer sathidan 4,5 metr pastlikdagi transheya ichida ishlayotgan ikki nafar yollanma ishchi tuproq ostida qolib, hodisa joyida vafot etishgan.
Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, marhumlardan biri Chortoq tumani «Chortoq» MFYda yashagan K.Yo., ikkinchisi Namangan tumani «Navbahor» MFYda yashagan A.Sh. ekani ma'lum qilingan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv natijasida qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli turar joy obektlari qurilishi va kanalizatsiya tarmog‘i tortish ishlari Namangan shahrida faoliyat olib boruvchi «Azizbek Avtogaz Servis» MChJ tomonidan amalga oshirilayotgani, jamiyatga turar joy obektlarini qurish uchun Namangan shahar hokimining 20.06.2018 yildagi 913-sonli qaroriga asosan ruxsat berilgani, biroq kanalizatsiya tarmog‘i tortish uchun yer uchastkasida qazish ishlarini amalga oshirishga shahar hokimining tegishli ruxsatnomasi olinmagani aniqlangan.
Hozirda vafot etgan shaxslarning o‘limi sabablarini aniqlash yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.
Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, dastlabki tergov harakatlarini boshladi.
Mavzuga oid
14:06 / 11.10.2024
Ruldagi bola qamalar, Gentra’ni ijaraga bergan-chi? Noqonuniy mashina ijarasi o‘smirlar o‘limiga sabab bo‘lmoqda
12:10 / 10.10.2024
200 ming so‘mlik ijara va uch o‘lim: Namangandagi maktab o‘quvchisi sodir etgan ayanchli avtohalokat tafsilotlari
17:55 / 28.09.2024
“To‘lovlar bir xil bo‘lgach, sharoit ham bir xil bo‘lishi kerak emasmi?” – Namanganda haydovchilar “MRO” ahvolidan norozi
20:44 / 02.05.2024