Jamiyat | 12:20 / 25.04.2021
12289
4 daqiqa o‘qiladi

Mo‘ltillab qarashlariga chidolmayapman, bolamni yo‘qotgim kelmayapti...

Sinovlar orasida murakkabi og‘ir dardga chalinish bo‘lsa, farzandlarning dardga chalinishi undan ham og‘ir hisoblanadi. Bolalarning najot tilab qaragan ko‘zlari, onalarning yurakni o‘rtovchi so‘zlari shu sabab kelib chiqadi.

9 ta operatsiya va oqqon...

“Bu kasallik haqida umrimda eshitmaganman. O‘limlardan qoldi bolam. Uy-joylarimizni sotdik, sotadigan hech narsamiz qolmadi. Farzand uchun ota-ona qarab turolmas ekan. Bolamni yo‘qotgim kelmayapti”,- onaning so‘zlarini eshitib beixtiyor yosh keladi ko‘zlarga.

Boburmirzo yoshligida kuyish oqibatida og‘ir jarohat olgan va qo‘l barmoqlarida muammo yuzaga kelgan. Shuni davolatish maqsadida shu davrga qadar 9 marotaba operatsiyani boshdan kechirgan yigit endi oqqon kasalligi bilan kurashyapti.

Boburmirzo Shamsiddinovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 8239 8599 onasi Munojat Sayfiyeva nomida

Sberbank: 5469 3801 3430 9938 qarindoshi Olimjon Mutaliyev nomida

Viza: 4187 8000 0041 6339 onasi Munojat Sayfiyeva nomida

Telefon: +998971037179 (onasi)

 Amirjon ham onkologik, ham gematologik kasallik qurboni bo‘lmasin

Endigina 3 yoshdan oshgan Amirjonning jajji vujudini ikki dard yemirmoqda. Oqqonning og‘ir turiga chalingan bolada onkologik kasallik ham aniqlangan. Ikkita og‘ir kasallik uni va oilasini holdan toydirib qo‘yganligi sababli yaxshi insonlarning madadiga mushtoq. Amirjonga ilik ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazilishi kerak. Operatsiyani imkon qadar tezroq o‘tkazish kerakligi uchun Kun.uz tahririyatidagi suratga olish ishlari tugagach, ular Hindistonga jo‘nab ketishdi. Ayni paytda u yerda jarrohlik amaliyotiga tayyorgarlik ko‘rishyapti. O‘ylaymizki, o‘zga yurtda musofir va bemor bolajon saxiylar ko‘magida sog‘ayib qaytadi.

 Amirjon Safarovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 3329 9185 onasi Xolida Hasanova nomida

Sberbank: 4279 3806 7618 3330 qarindoshi Abdusamat Raimov nomida

Viza: 4790 9122 1044 7497 otasi Fayzullo Hamroqulov nomida

Telefon: +998938506184 (onasi)

 Yuraklarni azoblagan dard

Samarqandlik Shuhratjon Mamatkarimovni ayni ishlab charchamaydigan yoshida holsizlik bezovta qila boshlagan. Toshkentdagi litseyda tahsil olayotgan paytida shafqatsiz dard uni to‘shakka mixlaydi. Polvon kelbatli o‘g‘lining holatidan azoblanayotgan onaning fig‘oni insonni larzaga soladi.

“Onkogematologiya degan so‘zni o‘qib yuraklarim uvushib ketdi. Sog‘lom yurgan bolam shunday ahvolga tushishi mumkinmi?”,- degancha yig‘laydi onaizor. Yigit yoshida ota-onasini shunday holatda ko‘rayotgan Shuhratjon ularni qiynab qo‘yganidan ich-ichidan aziyat chekadi va tezroq tuzalib ketishga umid qiladi.

 Shuhrat Mamatkarimovga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 1244 8118 Shuhratjon Mamatkarimov nomida

Sberbank: 4817 7601 0479 3876 qarindoshi Rahmatilla Abdurahmonov nomida

Viza: 4187 8000 0076 6626 bemor nomida

Telefon: +998994197282 (onasi)

 “Mo‘ltillab qarashlariga chidolmayapman”

Biyron tili bilan hammani o‘ziga qaratib yuradigan Mubinaxon to‘satdan yurolmay qoldi. Holsizlik va charchoq, ishtahasizlik alomatlari bilan shifoxonaga olib borilgan qizaloq jonlantirish bo‘limiga yotqiziladi. Unda aniqlangan qon saratoni sabab hamon shifoxonada davolanmoqda.

“Boshida menga bildirishmagandi, shu yerga kelib bildim bolamni shu kasalga duchor bo‘lganini. Mo‘ltillab qarashlariga chidolmayapman. Hech bir onani bolasi bilan sinamasin ekan”, -deydi onasi Mashhura Mingboyeva.

 Mubinaxon Meliqo‘ziyevaga oid ma'lumotlar:

Agrobank: 8600 0417 4678 7366 otasi Sherzod Meliqo‘ziyev nomida

Universalbank: 8600 4829 3240 8898 otasi Sherzod Meliqo‘ziyev nomida

Telefon: +998911142834 (otasi)

Musulmon olami muqaddas ramazon oyini nishonlamoqda. Bu oyda barcha savoblar, yaxshiliklar bir necha karra ko‘paytirilsa, ularning ajr-u savobi undan-da ko‘proq qilib beriladi. Umidimiz savobtalablarning bunday imkondan bahramand bo‘lishlarida.

 Gulmira Toshniyozova tayyorladi,
Tasvirchi Sherzod Egamberdiyev.

Mavzuga oid