O‘zbekiston | 13:33 / 26.04.2021
2905
2 daqiqa o‘qiladi

Aliment to‘lamagan ota qamaldi

Dehqonobod tumanida yashovchi fuqaro farzandlari ta'minoti uchun aliment to‘lovini vaqtida to‘lamagani uchun 15 sutkaga qamaldi. Bu haqida MIB Qashqadaryo viloyat boshqarmasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha G‘uzor tumanlararo sudining 2020 yil 6 martdagi qaroriga asosan qarzdor M.N.dan undiruvchi N.R. foydasiga 3 nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati MIBning Dehqonobod tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan va shu ijro ishi yurituvi qo‘zg‘atilgan. Qarzdorning mamlakatdan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan.

Majburiy ijro harakatlari davomida aniqlanishicha, o‘tgan vaqt mobaynida qarzdor bir necha marotaba ogohlantirilgan bo‘lsa-da, aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan. Qarzdorlik salkam 13 mln so‘mga yetgan.

Shu sababli, farzandlar ta'minotini o‘ylamagan mas'uliyatsiz otaga jinoyat ishlari bo‘yicha Dehqonobod tuman sudi tomonidan 15 sutka ma'muriy qamoq chorasi qo‘llanildi.
 

Mavzuga oid