O‘zbekiston | 09:02 / 27.04.2021
4178
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda qalbaki PZR-testi tayyorlab sotgan 10-sinf o‘quvchilari ushlandi

Foto: IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi

Andijon viloyatida 10-sinf o‘quvchilari M.U. va N.M. qalbaki PZR tahlili natijalarini tayyorlab bergan vaqtida ushlandi.  

Xo‘jaobod tumanidagi o‘rta maktabning 10-sinf o‘quvchilari 2004 y.t. M.U. hamda 2004 y.t. N.M. «Do‘stlik» chegara nazorat posti yaqinida tezkor tadbirga xolis xaridor sifatida jalb etilgan 2 nafar fuqaroga 110 000 so‘mga PsR (COVID-19 tahlil ma'lumotnomasi) qilib beramiz, deb aytadi. Ular tadbir ishtirokchilaridan fuqarolik pasportini olib, 20 daqiqadan so‘ng 2 dona COVID-19 tahlil ma'lumotnomasini olib kelib berib, 110 000 so‘m pullarni olgan vaqtida tezkor xodimlar tomonidan ushlangan.  

Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.

Tadbir davomida M.U.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida 45 dona Andijon viloyati SEOM g‘azna kirim orderi (Forma №KO) blankasi, 30 dona koronavirus (COVID-19) infeksiyasiga tekshirilgan test natijasi haqida ma'lumotnoma blankasi hamda 1 dona «ASeR» noutbuk va 1 dona «YeRSON» rangli printeri borligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan tergovga kadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq, Andijonda 40 million so‘mlik sifati kafolatlanmagan dori vositalari aniqlangan edi.

Mavzuga oid