O‘zbekiston | 11:56 / 28.04.2021
2271
2 daqiqa o‘qiladi

30 million so‘mlik maishiy texnikalar to‘xtatib qolindi

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma'lumotlarga asosan Toshloq tumanida navbatdagi tezkor tadbir o‘tkazildi. Tezkor tadbir davomida «Marg‘ilon — Toshloq» yo‘nalishida harakatlanayotgan fuqaro Q.J. boshqaruvidagi «Nexia» rusumli avtotransport vositasi kuzatuvga olinib, Toshloq tumani hududida to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi. 

Natijada mazkur avtotransport vositasining saloni va yukxonasida xorijda ishlab chiqarilgan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan, dastlabki umumiy qiymati 30 million so‘mlik 4 turdagi 77 dona maishiy texnika tovarlari borligi aniqlandi.

 Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq Farg‘ona tumani hududida neft mahsulotini chetga olib chiqmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga olingani haqida xabar (https://t.me/kunuzFargona/3451) berilgan edi.

Mavzuga oid