Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda yer bilan bog‘liq firibgarlikni oldi olindi
DXX Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va Departamentning hududiy boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yer bilan bog‘liq firibgarlikni oldini olgan. Bu haqida DXX axborot xizmatiga tayanib UzA axborot agentligi xabar bermoqda.
Xabarda yozilishicha, Qarshi tumanida yashovchi fuqaro dehqon xo‘jaligi tashkil etish uchun 2008 yil tuman hokimi qarori bilan uning onasi nomiga ajratib berilgan 33 sotix yer maydonini tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmasa-da 40 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qashqadaryoda kuzatilgan yana bir holatda esa Nishon tumani «Yer resurslari va davlat kadastri» mutaxassisi tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroga baliqchilik xo‘jaligi tashkil qilishi uchun 8 gektar yer ajratilishida va bu borada tuman hokimining tegishli qarori chiqarilishida yordam berishini aytib, xizmati evaziga undan 1000 AQSh dollari talab qiladi.
O‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida kadastr xodimi 900 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:48 / 18.04.2025
Hududlarda yer sotish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi
15:27 / 15.04.2025
Qashqadaryoda YPX xodimiga faol qarshilik ko‘rsatgan haydovchi qamoqqa olindi
16:12 / 31.03.2025
Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berish tartibi o‘zgartirildi
11:13 / 31.03.2025