Jahon | 22:24 / 29.04.2021
24133
1 daqiqa o‘qiladi

«Hitlerning xazinalari» haqida yangi ma'lumotlar aniqlandi

Polshalik xazina izlovchilar Ikkinchi jahon urushi vaqtida natsistlar to‘plagan 48 quti zeb-ziynat qayerdaligi haqida yangi ma'lumotlarni aniqlashdi.

Foto: Mariusz Przygoda/Silesian Bridge Foundation

The Sun nashrining xabar berishicha, xazina Polshaning Opole voyevodaligidagi Minkovske qishlog‘ida joylashgan XVII asrga mansub qasr ostida yashirilgan bo‘lishi mumkin.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu xazina orasida «Breslau oltini» – suv o‘tkazmaydigan qutilarga solingan qimmatbaho qog‘ozlar va muzey eksponatlari bo‘lishi mumkin. Shuningdek, qasr ostida 10 tonnaga yaqin oltin yashirilgani taxmin qilinmoqda. 

Xazinaning umumiy qiymati 700 mln dollarga baholanmoqda.

Ta'kidlanishicha, «Hitler xazinalari» haqida ilk bor SS zobiti Egon Ollenxauerning kundalik sahifalaridan ma'lum bo‘lgan. Ularda gap 260ta yuk mashinasiga ortilgan oltin, qimmatbaho tanga va zeb-ziynatlar, san'at asarlari haqida borgan.

Mavzuga oid