O‘zbekiston | 16:01 / 29.04.2021
24885
2 daqiqa o‘qiladi

Jobir Abdullayev Yangi Namangan tumani hokimi etib tayinlandi  

Xalq deputatlari Namangan shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada Namangan viloyatining Namangan shahri tarkibida Yangi Namangan tumanini tashkil etish bo‘yicha masala ko‘rildi. 

Jobir Abdullayev

Viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov Yangi Namangan tumani hokimligiga shu paytga qadar Namangan viloyati hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri bo‘lib ishlab kelgan Jobir Abdullayev nomzodini taklif qildi. 

Deputatlar va faollar nomzod yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Nomzod ular tomonidan ma'qulandi.

Ma'lumot uchun: Jobir Abdullayev 1984 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan. 2005 va 2008 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika institutini muhandis-quruvchi va muhandis-energetik yo‘nalishlarida tamomlagan.

2008–2019 yillar davomida “Namangan elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyatida turli mas'ul lavozimlarda mehnat qilgan. 

2019–2020 yillarda Namangan shahar hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan.

Jobir Abdullayev 2020 yildan to shu kunga qadar Namangan viloyati hokimligining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari kotibiyati mudiri sifatida faoliyat yuritib kelgan.

Mavzuga oid