Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada koronavirusga qarshi emlanganlar 100 ming nafardan oshdi
Emlash jarayoni boshlangandan buyon, bugungi kungacha viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 105 158 nafarga yetdi.
2021 yilning 29 aprel kuni Farg‘ona viloyati hududlari bo‘ylab jami 16 838 nafar kishi COVID-19ga qarshi emlandi. Bugungi kungacha viloyatda koronavirus infeksiyasiga qarshi emlangan fuqarolar soni 105 158 nafarga yetdi. Bu haqda Kun.uz’ga Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Farg‘ona viloyati boshqarmasi OAV va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, 29 aprel kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni O‘zbekiston tumani (2384 nafar), Oltiariq tumani (1424 nafar), Quva tumani (1364 nafar) band qilgan. Emlanganlar orasida jiddiy asoratlar va nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025