Armaniston prezidentiga nisbatan ikki fuqarolikni yashirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Armaniston bosh prokuraturasi prezident Armen Sarkisyanga nisbatan ikki fuqarolikka ega bo‘lganini yashirgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Armaniston advokatlar ittifoqi raisi Ara Zograbyan ma'lum qildi.
Armaniston konstitutsiyasiga ko‘ra, Armaniston prezidenti saylovlarida ishtirok etish uchun oxirgi 6 yil davomida faqat arman fuqaroligiga ega bo‘lish kerak. Sarkisyan 2018 yil 2 mart kuni Armaniston prezidenti etib saylangan. Advokatlarning ta'kidlashicha, u 2003 yildan 2012 yilgacha Britaniya fuqaroligiga ega bo‘lgani sababli prezident saylovlarida qonunga xilof tarzda ishtirok etgan.
Zograbyanning ma'lum qilishicha, 53 nafar advokat Armen Sarkisyan ikki fuqarolikni yashirgani yuzasidan shikoyat arizasi topshirgan. Maxsus tergov xizmati advokatlarning arizasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishdan bosh tortgan. Biroq bosh prokuratura xizmatning qarorini bekor qilib, «hujjatlarni soxtalashtirish» moddasi bo‘yicha Sarkisyanga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan.
Mavzuga oid
10:10 / 09.10.2024
RF chegarachilari Armaniston va Eron chegarasini qo‘riqlashni to‘xtatadi
20:10 / 02.10.2024
O‘zbekistonlik xokkeychilar ilk marotaba jahon chempionatida ishtirok etadi
20:16 / 27.09.2024
Armaniston Boku bilan tinchlikka erishish uchun Konstitutsiyasini o‘zgartirishga tayyor
20:33 / 18.09.2024