O‘zbekiston | 14:27 / 03.05.2021
5009
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent viloyatida «Tibbiyot shaharchasi» loyihasi amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda

Toshkent viloyati hokimi Davron Hidoyatov "Sentr Group" kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar beryapti.

Foto: Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati

Tibbiyot turizmi yo‘nalishida nufuzli kompaniyalardan biri bo‘lgan "Sentr Group" vakillari bilan muloqot chog‘ida O‘zbekistonning geografik joylashuvi va iqlimi tibbiyot turizmini rivojlantirish uchun juda qulayligi ta'kidlandi.

Toshkent viloyatida dastlabki bosqichda 40 mln dollar sarmoya kiritish orqali "Tibbiyot shaharchasi" loyihasini amalga oshirish istagi bildirilgani aytiladi.

Qayd etilishicha, hududda tibbiyotga ixtisoslashgan o‘quv dargohi, diagnostika va davolash markazlaridan tashqari ko‘ngilochar maskanlar ham barpo etish orqali viloyatda tibbiyot turizmi sezilarli darajada o‘sishiga erishiladi.

Davron Hidoyatov ikki tomonlama manfaatli hamkorlikka tayyor ekanligini ta'kidladi, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid